Yangi_nashr

“Zarbuloq” soya navini yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar nashr etildi
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi tomonidan Soyaning “Zarbuloq” navini yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur tavsiyanomada ekish muddati, urug‘lik materialini tayyorlash, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, sug‘orish tartibi, begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, shuningdek hosilni yig‘ib-terib olish va yuqori sifatli hosil yetishtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar jamlangan.
“Zarbuloq” navi o‘zining yuqori hosildorligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, ertapisharligi, oqsil va moy miqdorining yuqoriligi bilan аҳamiyatlidir.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
O'GRITI axborot xizmati
Telegram Instagram
Facebook YouTubeWEB