Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

yangi_nav

yangi_nav
#dehqonlar_uchun_tavsiya KUZGI QATTIQ BUGʻDOYNING “ZILOL” NAVI Nav oʻrtapishar boʻlib, 200-206 kunda pishib yetiladi. Oʻrta boʻyli (100-105 sm), yotib qolishga chidamli. Biologik duvarak. Melyanopus tur xiliga mansub. Sovuqqa chidamliligi oʻrtacha. Qurgʻoqchilikka chidamli, sariq va qoʻngʻir zang, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga o'ta bardoshli. 1000 ta don vazni 42-44 g. Ekish: Sugʻoriladigan yerlarida kuzgi va bahorgi muddatda ekish tavsiya etilgan. Ekish me’yori gektariga 5 mln. dona, togʻ oldi hududlari uchun 4.0 mln unuvchan urugʻ hisobida belgilanadi. Oziqlantirish: Sug'oriladigan maydonlarida sof holdagi N180; P90; K60 kg/ga me’yorida oziqlantirish tavsiya etiladi. Sugʻorish: Nav suvsizlikka chidamli boʻlib, oʻsuv davrida 3-martagacha sugʻorish maqsadga muvofiq. Joriy qilingan manzil va maydon: Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax va Namangan viloyatlarida ekib kelinmoqda. Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.