Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

yangi_nav

yangi_nav
#dehqonlar_uchun_tavsiya No`xatning «Obod» navi Issiqlik va qurgʻoqchilikka chidamli, tezpishar nav. No`xatning o‘suv davri 85-90 kun. Urug‘ining biologik pishish davri: 90 kun. Hosildorlik 20,0-24,5 s/ga (2 qatorli egatlarda ekilganda) tashkil etadi. 1000 ta don vazni- 350-380 g. Urug‘ida oqsil- 25-27,5% ni tashkil etadi. Urug‘lari rayonlashgan navlarga nisbatan yirikroqdir. Yuqori sifatli urugʻ olish uchun ekish meʼyori 1ga/ 40 kg yoki 240-280 ming dona. Tuproq unumdorligini yaxshilaydi. Kuzgi va bahorgi mavsumda ekishga yaroqli bo‘lib, undan yuqori hosil olish mumkin. Respublikaning barcha sugʻoriladigan maydonlarida ekish uchun ruxsat etiladi. Mazkur mahsulot turidan turli xil taomlar tayyorlashda foydalanish mumkin. Ushbu yangi nav Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.