Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

yangi_nav

yangi_nav
#dehqonlar_uchun_tavsiya Bahorgi yumshoq bugʻdoyning "Parvoz" navi "Parvoz" navi erta pishar boʻlib, 100-110 kunda pishib yetiladi. Oʻrta boʻyli (86,4-91,3 sm), yotib qolishga chidamli. 1000 ta don vazni 42,5-43,8 g ni, don naturasi 812,4-815,2 g/l ni, oqsil miqdori 15,1-15,7 foizni, kleykovina miqdori 29,7-30,4 foizni tashkil etadi. Yangi bahorgi bug`doy navi issiqlik va qurg`oqchilikka chidamli, past darajada sariq zang kasalligi bilan kasallanadi. Chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli. Respublikaning suvli yerlarida bahorgi muddatda ekish tavsiya etiladi. Yuqori agrotexnika sharoitida gektaridan oʻrtacha hosildorligi 40-45 sentnerni tashkil etadi. Oziqlantirish me’yori: (sof holda N-180, P-90, К-60 kg/ga) tavsiya etiladi. Sugʻorish: Nav suvsizlikka chidamli. Bahorgi vegetatsiya davrida 3 marta sug'oriladi. Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti seleksionerlari tomonidan yaratilgan boʻlib, Nav sinash markaziga 2020-yilda topshirilgan.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.