Yangilik

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi markaz faoliyat boshladi
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududida O‘zbekiston va Ummon sultonligi hamkorligidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun muhim bo‘lgan yangi xizmat markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu markaz bosh ofisi Ummonda joylashgan “Atyab International Services” tashkilotining O‘zbekistondagi filiali sifatida tashkil etildi.
“Atyab International Services” qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida mingga yaqin turdagi xizmatlarni qamrab oladi. Tashkilot laboratoriyalari xalqaro akkereditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, laboratoriyalar imkoniyatlari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi barcha moddalarni aniqlash imkonini beradi. Aytish mumkinki, ushbu markaz O‘zbekistondagi import yoki eksport qilinayotgan mahsulotlarning sifat darajasini yuqori aniqlikda tahlil qiluvchi ilk xizmat ko‘rsatish markazidir.
Ushbu markazda tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratilgan. Endilikda eksport bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar eksport qilinadigan mahsulotlar uchun jahon bozorida talab qilinadigan sertifikatlarni ushbu markazdan olishlari mumkin.
Markazning ochilish marosimida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Ummon sultonligi vakillari, diplomatlar va Agroxizmatlar markazlari rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube