Yaponiyaning yirik urug‘chilik kompaniyasi delegatsiyasi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida

Yaponiyaning Murakami Seed Co., Ltd. kompaniyasi vakillari — kompaniya Direktori Takashi Sueda hamda Ryo Sasaki boshchiligidagi delegatsiya O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — qishki gorox yetishtirish va uning urug‘chilik tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida qishki goroxning istiqbolli seleksiya va urug‘lik materiallaridan foydalanish, ularni mahalliy tuproq-iqlim sharoitida o‘rganish hamda kelgusida sifatli urug‘lik yetishtirish tizimini shakllantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube