Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"Yashil haftalik — 2024": Germaniya bilan hamkorlik rivojlantiriladi

"Yashil haftalik — 2024": Germaniya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
Avval xabar berganimizdek, Germaniyaning Berlin shahrida "Yashil haftalik — 2024" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Ko'rgazma doirasida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirining Parlament davlat kotibi Ofeliya Nik o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Ibrohim Abdurahmonov Berlinda tashkil etilgan ko'rgazma yuqori saviyada tashkil etilganini alohida mamnuniyat bilan aytib o'tdi. Bundan tashqari Germaniya davlati bilan qishloq xo'jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to'xtalar ekan, Ibrohim Abdurahmonov ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar borasida hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanligini ta'kidlab o'tdi. O'z navbatida Ofeliya Nik qishloq xo'jaligida O'zbekiston bilan har qanday istiqbolli hamkorlikka tayyor ekanligini bildirib o'tdi. Uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qancha takliflarni bildirdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.