Yashil haftalik — 2024: Germaniyaning Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Xabar berib borayotganimizdek, Germaniyaning Berlin shahrida "Yashil haftalik — 2024" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniyaning Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O'zbekiston hamda Germaniya o'rtasidagi qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, qishloq xo'jaligida ilm-fan istiqbollari, ikki tomonlama hamkorlikning "Yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish hamda bu borada ishchi guruh tuzish masalalari uchrashuvning asosiy muhokama mavzusiga aylandi.
Ko'rgazma davom etadi...
Website Telegram Facebook YouTube Instagram