Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Yashil haftalik — 2024: Vengriya qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Yashil haftalik — 2024: Vengriya qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Ayni daqiqalarda Germaniyaning Berlin shahrida "Yashil haftalik — 2024" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Ko'rgazma doirasida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Vengriya qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Jolt Feldman o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda chorvachilik yo'nalishida hamkorlik aloqalari, kartoshkachilik, xususan kartoshkani O'zbekiston iqlim sharoitiga mos navlarini yetishtirish bo'yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari o'zaro hamkorlikning istiqbollari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan fikrlar almashdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.