Yashil kelajak sari

Iliq kunlardan unumli foydalangan holda, Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agroteхnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida hashar tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida hudud tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ayniqsa, ekologik muhitni yaxshilash va hududni ko‘rkamlashtirish maqsadida 500 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Institut jamoasi birdamlik va jipslik bilan mehnat qilib, tabiatga o‘z mehrini izhor etdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube