Yashil makon

Mamlakatimizda olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda ham qizg‘in tus olgan.
Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham ayni kunlarda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekmoqdalar. Ilmiy muassasada shu kungacha 100 tup behi va yong‘oq ko‘chatlari ekildi.
Muassasa hududida mevali va manzarli daraxtlarni ko‘paytirish maqsadida ko‘chat yetishtiruvchi tashkilotlar bilan yana 300 tup archa va 100 tup mevali daraxtlar ko‘chatlari xarid qilish uchun shartnoma tuzildi.
Maqsad, yurtimizni yashillikka burkashga munosib hissa qo‘shishdir.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz