Yashil makon” dasturi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi

Har yili "Yashil makon” dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va tizimdagi barcha tashkilotlar akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Bo‘stonliq ilmiy-tajriba stansiyasidagi 5 gektar hududda barpo etilgan bog‘ga anʼanaviy ravishda ko‘chat ekish tadbirini amalga oshirib keladi.
Bugun ham navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri amalga oshirildi. Tadbir davomida manzarali daraxtlar, mevali ko‘chatlar va butalar ekilib, atrof-muhitni yanada ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shildi.
Mazkur tadbir aholining ekologik madaniyatini oshirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Tadbirda Milliy markaz tizimidagi barcha ilmiy muassasa xodimlari faol ishtirok etib, birgalikda obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube