YASHIL MAKON” LOYIHASI

Respublika miqyosida o'tkazilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasida Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi tomonidan daraxt ko'chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.
Institutning “Tajriba xo'jaligi” hududida o'tkazilgan ko'kalamzorlashtirish ishlarida dala chetlariga tok ko'chatlari uchun ustunlar o'rnatish, daraxt ko'chatlarini ekish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbirda institut rahbariyati, laboratoriya rahbarlari, doktorantlar hamda texniklar faol ishtirok etishdi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz