Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

" Yashil makon" umummilliy loyihasi

" Yashil makon" umummilliy loyihasi
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida tashkilotlar, mehnat jamolari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stantsiyasi ilmiy jamoasi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etmoqda. Olimlar jamoasi dala va binolar atrofiga jami 10 000 dona manzarali va mevali ekinlar, uzum ko‘chatlari ekishni rejalashtirilgan. Bugungacha stantsiya xodimlari tomonidan 2 ming tupdan ziyod ko‘chat ekildi. Ayni paytda ham ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.