"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Samarqandda amaliy ishlar davom etmoqda

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizning barcha hududlari, xususan Samarqand viloyati hokimligi hamda viloyat tashkilotlari tashabbuslari bilan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda.
Ayni daqiqalarda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tizimidagi Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasdi ilmiy-tadqiqot institutining jamoasi hududlarni ko'kalamzorlashtirish maqsadida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekmoqda.
Ilmiy tadqiqot instituti jamoasi 400 tup qayrag‘och ekishni reja qilgan.
Hozirda amaliy ishlar davom ettirilib, yer maydoniga agrotexnik ishlov berish hamda agrotexnik me'yorlar asosida ko‘chatlarni ekish ishlari yakuniga etkazildi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz