Yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – amalda
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi bahorda Bo‘stonliq tumanida tashkil qilingan "Olimlar bog‘ida" ko‘chatlarni sug‘orish tadbirini o‘tkazdi.
Ushbu bog‘da 2500 tup mevali daraxt ko’chatlari ekilgan. Tog’ yon bag’irlaridagi nihollarni sug’orish oson ish emas, albatta. Shu bois maxsus texnikalardan foydalanilmoqda.
Zotan yoz faslining jaziramasidan asrab qolingan har bir nihol kelgusida yashillikning bir bo’lagiga aylanadi.
Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov ushbu jarayonda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo’stonliq tumanidagi ilmiy-tajriba stansiyasida noyob mevali daraxt turlari ustida o’tkazilayotgan tadqiqot ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Ilmiy-tajriba stansiyasi mutasaddilariga hududni obodonlashtirish va ilmiy natijadorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube