yashil_quvvat

Muqobil energiyadan foydalanish – doimiy quvvatga ega bo‘lish imkonini beradi
Respublikamizning ustuvor yo‘nalishlardan biri barchamiz uchun global masalaga aylanayotgan elektr energiyasining zarurligi va undan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energetikani joriy etish choralarini ko‘rishdan iboratdir.
"Yashil" quvvatdan foydalanish bu borada eng oqilona yechim sifatida baholanmoqda.
Shu bois Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalar va tashkilotlarda ham quyosh energiyasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Fikrimizni aniq raqamlar bilan dalillaydigan bo‘lsak, 2024-yilning 15-yanvar kuniga qadar Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar, tashkilotlarda va ularda faoliyat ko‘rsatayotgan 58 nafar rahbar hamda xodimlarning xonadonlariga o‘rnatilgan quyosh panellari ishlab chiqarayotgan quvvat 208 kVt ni tashkil qilmoqda.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI