Yashilmakon

Yashil belboqlar yaratamiz
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi mamlakatimiz bo‘ylab ommaviy ravishda amalga oshirilyapti.
Maqsad, yurtimizni yashil o‘lkaga aylantirish. Xayrli tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ham faol ishtirok etdi.
Ilmiy muassasa jamoasi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 1200 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishni reja qilgan.
Institutning ahil jamoasi "Yashil makon" ummumilliy loyihasi doirasida o‘zlari uchun reja qilgan kuzgi ko‘chat ekish ishlarini qulay fursatlardan unumli foydalangan holda yakunladi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz