Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

YERYONG‘OQ: NAVLARI VA YETISHTIRISH, FOYDALI XUSUSIYATLARI

YERYONG‘OQ: NAVLARI VA YETISHTIRISH, FOYDALI XUSUSIYATLARI
Yeryong‘oq mag‘zi tarkibida 20-25% yuqori sifatli yengil hazm bo‘luvchi oqsil, mineral va vitaminlar mavjud. Uning urug‘i sof shaklda yoki qovurib isteʼmol qilinadi. Oqsilidan sintetik tolalar, unidan esa, yelim tayyorlanadi. Ushbu yelimlar hayvon suyaklaridan qilingan yelimga o‘xshaydi. Shuningdek, undan yong‘in o‘chirishda ham ishlatiladi. Moyining ta’mi zaytun moyidan qolishmaydi. Undan turli sabzavot ekinlaridan yuqori sifatli konservalar va margarin tayyorlashda, qandolatchilik hamda parfyumeriya sanoatida keng qo‘llaniladi. Yeryong‘oq urug‘larida o‘rtacha 18% uglevod, ko‘p miqdorda K, Mg kabi mineral moddalar mavjud. Shuningdek, u A, B va E kabi vitaminlarga boy. Poyasi ham mineral va vitaminlarga boy bo‘lib, to‘yimliligi jihatidan beda ekinidan qolishmaydi. O‘simlik qoldiqlari tarkibida katta miqdorda fosfor, kaliy mavjud bo‘lib, tuproqni turli organik moddalar va minerallar bilan boyitadi. Uy sharoitida yong‘oqlaridan ajratib olingan po‘stlog‘i chorvachilikda qish mavsumida yosh buzoqlar, sog‘in va homilador sigirlarning tagiga zax o‘tkazmaslik uchun solinadi. Sanoatda yeryong‘oq po‘stloqlaridan qurilish mahsulotlari (DSP, shovqindan himoyalovchi izolyator) ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Navlari: Yeryong‘oqning vatani Janubiy Amerika bo‘lib, hozir ham ko‘p yillik yovvoyi turlari Braziliyaning janubiy qismi, Paragvay, Urugvay, Boliviya va Amazonka daryosi sohillari bo‘ylab o‘sadi. Respublikamizda keng tarqalgan va tumanlashtirilgan yeryong‘oq navlari: “Toshkent-112”, Qibray-4”, “Mumtoz”, “Salomat” kabilardir. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan respublikamizga kirib kelgan va kam miqdorda bo‘lsa-da, ekib kelinayotgan navlar uchraydi. Bunday nav urug‘lari och-sariq, to‘q-qizil, kulrang, siyohrang, binafsha ranglarda, shakllari: dumaloq, ovalsimon, cho‘zinchoq ko‘rinishlarda bo‘ladi. Hayvonlar uchun ozuqa. Yeryong‘oq dukkakli o‘simlik bo‘lib, barglari hayvonlar uchun to‘yimli ozuqadir. Uni parvarishlashda qator oralariga ishlov berilishi talab etiladigan o‘simlik bo‘lgani uchun urug‘lari unib chiqishidan toki hosil organlari shakllanish davrigacha bo‘lgan vaqt davomiyligida yerga ishlov berib turiladi. Parvarishlash jarayonida begona o‘tlardan tozalangani, atmosferadagi biologik azotni o‘zlashtirib, tuproqda qoldirgani uchun almashlab ekishga yaxshi o‘simlik hisoblanadi. Uni har qanday texnik (qator orasiga ishlov beriladigan) ekinlar bilan almashlab ekilishi mumkin. Asosiy ekin sifatida bahor mavsumida yetishtirilsa, kuzgi boshoqli don ekinlaridan so‘ng takroriy ekin sifatida ekiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.