Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yosh iste’dodlar – agrar sohamizning kelajagi

Yosh iste’dodlar – agrar sohamizning kelajagi
Bugun “O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh iste’dodlar (50 Young Talents)” milliy tanlovida muvaffaqiyat qozongan yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdim. Muloqotda Davlat boshqaruvi samaradorligi agentligi direktori Ulug‘bek Xusaynov ham Zoom platformasi orqali ishtirok etdi. Men uchun bu uchrashuv yoshlarning orzu-intilishlari, bilimga chanqoqligi va kelajakka bo‘lgan ishonchini yaqindan his qilish imkonini berdi. Suhbat davomida tanlov g‘oliblarining kelgusidagi maqsadlari, kasbiy rivojlanish istiqbollari hamda agrar tarmoqni modernizatsiya qilish jarayonida yosh mutaxassislarning o‘rni haqida atroflicha fikr almashdik. Ishonchim komilki, bugungi bilimli va tashabbuskor yoshlar ertangi kun agrar sohasining yetakchi mutaxassislari bo‘lib yetishadi. Men yoshlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga, bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda boyitishga, ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganishga hamda uni mamlakatimiz qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida amaliyotga tatbiq etishga chaqirdim. Men mazkur yoshlar xalqaro darajadagi bilim va tajribani chuqur o‘zlashtirib, kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti, ayniqsa, agrar sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishingiz lozimligini qayd etdim. Uchrashuv davomida tanlovning navbatdagi bosqichlari yuzasidan ham muhim masalalarni muhokama qildik. Xususan, 50 nafar g‘olib yoshni FAO va IFADning mintaqaviy ofislarida stajirovka o‘tashga yuborish bo‘yicha hamkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Rejamizga ko‘ra, tanlov g‘oliblari ikki yil davomida bosqichma-bosqich ushbu xalqaro amaliyot dasturlariga jalb etiladi. Men yoshlarimizning salohiyatiga ishonaman. Ularni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajriba orttirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va zamonaviy bilimlarni amaliyotga olib kirish — agrar tarmoqni yangi bosqichga olib chiqishning eng muhim omillaridan biridir. Ishonchim komilki, bugungi iqtidorli yoshlar ertaga mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq va suv xo‘jaligini barqaror rivojlantirish yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida shakllanadi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.