Yosh olimlar bilan ochiq muloqot

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov hamda Markaz tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yurtning munosib vorislariga aylanishi masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov ta’kidlaganidek, davlat siyosatida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
— Davlatimiz rahbari yoshlarimizni ruhan, ma’nan va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri ekanini doim ta’kidlaydilar, bejiz emas. Boisi yurtni himoya qilish, taraqqiy ettirish va sog‘lom avlodni shakllantirish orqali kelajagimizni ta’minlay olamiz. Shu bois, siz — yosh olimlar zimmasidagi mas’uliyat ham ulkan,
— dedi vazir maslahatchisi.
Uchrashuvda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh olimlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Mizrob Bo‘ronov yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube