Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yosh olimlar va biznes o‘rtasida muloqot platformasi ishga tushmoqda!

Yosh olimlar va biznes o‘rtasida muloqot platformasi ishga tushmoqda!
Tadbirkorlar va olimlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan 15-iyul kuni soat 10:30 da Wyndham Tashkent mehmonxonasida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuvda yosh olimlar va tadbirkorlar ishtirokida innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalarni tijoriylashtirish, investisiya jalb qilish va amaliy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi. Tadbir doirasida taklif etiladigan eng yaxshi ilmiy-amaliy g‘oya va tashabbuslar saralab olinib, tadbirkorlar bilan hamkorlikda amaliyotga joriy etiladi. Xorijdagi vatandosh olimlar uchun Zoom platformasi orqali qo‘shilish imkoni yaratiladi (havola alohida taqdim etiladi). Tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar va olimlar quyidagi raqam orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: +998 88 600 23 78 Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.