Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari muhokamalar markazida

Yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari muhokamalar markazida
An’anaga ko‘ra, bugun haftaning seshanba kuni Milliy markazda “Doktorantlar kuni” doirasida yosh tadqiqotchilar uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari o‘z ilmiy izlanishlari, tadqiqot yo‘nalishlari va dastlabki natijalarini taqdim etdilar. Seminarning ochilishida Milliy markaz direktori o‘rinbosari Sohibjon Islomov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. U o‘z nutqida yosh tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ilmiy muhitni mustahkamlash va tahlilga asoslangan yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Taqdimotlar doirasida qator dolzarb mavzular ko‘tarildi. Xususan, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti 1-bosqich doktoranti (DSc) Tohir Mahmudov “O‘zbekiston agro-iqlim sharoitida bug‘doy o‘simliklarini kasallantiruvchi viruslarning molekulyar-genetik identifikatsiyasi” mavzusidagi tadqiqoti bilan ishtirok etdi. Ushbu tadqiqot O‘zbekistondagi don yetishtirish sohasida virusli kasalliklarga qarshi ilmiy yechimlar yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, viruslarning tarqalishi va iqtisodiy zarari FAO ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. Shuningdek, Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti 2-bosqich tayanch doktoranti (PhD) Amirova Muhayyo Sobir qizi “Lalmikor maydonlar uchun qattiq bug‘doyning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, yotib qolishga chidamli navini yaratish” mavzusidagi ishi bilan ishtirok etdi. Uning tadqiqoti lalmikor yerlarida yetishtiriladigan bug‘doy hosildorligini oshirish, iqlimga mos va barqaror navlar yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Taqdimotlardan so‘ng qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy ekspertlar va mutaxassislar tomonidan mavzularning dolzarbligi hamda tadqiqotchilarning faol ishtiroki ijobiy baholandi. Shu bilan birga, har bir ilmiy ishda maqsad va vazifalarni aniqlik bilan belgilash, metodologik asoslarni mustahkamlash, amaliy natijalarni davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida yo‘naltirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Yangiliklardan xabardor bo‘lib, agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.