Yozyovon paxtachiligida yangi tizim: samaradorlik sari qadam

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Farg‘ona viloyatidagi safari doirasida Yozyovon tumanidagi “Mezon” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo’ldi.
Xo‘jalikda konturlarni birlashtirish orqali yaxlit dala maydoni yaratilib, qo‘shimcha 10 gektar yer qayta foydalanishga kiritildi.
Mazkur model asosida mexanizatsiyalashgan terim uchun sharoit yaratilib, texnikaning erkin harakati yo‘lga qo‘yildi. Natijada yoqilg‘i tejalib, unumdorlik oshmoqda.
Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, mashina terimi uchun dala boshi va etaklarida 11–12 metr kenglik qoldirilgan. Bu terimni tez va uzluksiz tashkil etishga xizmat qiladi.
Avvalgi 4 qatorli ekish usuli hozirgi mexanizatsiya talablariga mos emas. Shu bois xo‘jalikda joriy etilgan yondashuv amaliy samarali model sifatida baholanmoqda. Mutaxassislar buni sohada muhim burilish deb baholamoqda.
Vazir mazkur tajribani ijobiy baholab, uni kengaytirish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram