Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamliligi genetik darajada o‘rganilmoqda!

Yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamliligi genetik darajada o‘rganilmoqda!
Ayni kunlarda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti “O‘simliklar fiziologiyasi va boshlang‘ich materiallar laboratoriyasi” mudiri Dilmuhammad Xoliqulov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida muhim ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar jahon amaliyotidagi eng ilg‘or usullardan biri — markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) texnologiyasi yordamida amalga oshirilmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi — mintaqamiz iqlimi uchun dolzarb hisoblangan yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamlilik belgisini genetik jihatdan chuqur tahlil qilishdir. Ushbu zamonaviy yondashuv orqali bug‘doyning yangi, stresslarga bardoshli navlarini yaratish jarayoni sezilarli darajada tezlashadi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.