Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari muhokama etildi

Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari muhokama etildi
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot  institutida bo'lib o'tgan ushbu konferensiyada Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o'rinbosari Bahodir Eshchanov, xalqaro tashkilotlar va chet el ilmiy muassasalardan tashrif buyurgan ekspertlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Ilmiy muhokamada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, soha fani va texnikasining muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etish, xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda ular o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, ilm-fanga iqtidorli yoshlarni hamda investitsiyalarni jalb qilish darajasini oshirish xususida fikrlar va istiqbolli g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Ta’kidlandiki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish uchun mashinalar tizimini ishlab chiqish, mahsulot yetishtirishda samarali va raqamli texnologiyalar, yuqori unumdor, chidamli, resurstejamkor va ekologik xavfsiz mashina va mexanizmlar, stasionar va mobil elektr qurilmalarning yangi turlarini yaratishga doir tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, qishloq xo‘jaligi uchun yuqori samarali bo‘lgan ishlanmalarni baholab, ularni mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishga tavsiya qilish bugunning eng dolzarb vazifalaridan sanaladi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.