ZAKOVAT: "EVEREST" va "SHIJOATCHILAR" FINALDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yil 20- yanvardagi "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Zakovat o'yini o'kazildi.
Bilimdonlar bahsining birinchi bosqichida 4 ta guruh: "Yosh olimlar", "Everest", "Shijoatchilar", "Yuksalish" jamoalari ishtirok etdi. Qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'lgan bellashuvda kuchli jamoa ishtirokchilari aniqlanib, "Everest" (5), "Shijoatchilar" (3) yuqori ballni qo'lga kiritgan holda final bosqichiga o'tishdi.