Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Zamonaviy meteostansiyalar ishga tushirildi

Zamonaviy meteostansiyalar ishga tushirildi
Har qanday ilmiy tajriba va tadqiqot natijalariga tashqi muhit omillari sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, havo harorati, havoning nisbiy namligi, yog‘ingarchilik, shamol tezligi va quyosh radiatsiyasi kabi meteorologik ko‘rsatkichlar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ko‘rsatkichlarni aniq va uzluksiz qayd etish ilmiy tadqiqotlarning ishonchliligini oshirish, olingan natijalarni chuqur tahlil qilish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida tajribalarni zamonaviy talablar asosida olib borish, meteorologik ma'lumotlarni avtomatik tarzda yig‘ish va tahlil qilish uchun Koreya Respublikasining KOPIA tashkiloti tomonidan umumiy qiymati qariyb 30 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan uchta zamonaviy avtomatik meteostansiya o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.