Zamonaviy qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bugungi kun talabi

Agrar texnologiyalar almashinuvi va o‘qitish bo‘yicha Shanxay hamkorlik tashkiloti demonstratsion bazasida Xitoy Xalq Respublikasi Yanlin shahrida ShHT doirasida zamonaviy qishloq xo‘jaligini rivojlantirish davra suhbati va uning doirasida 31-Xitoy Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
⏰Tadbirda Sian viloyati gubernatori, Xitoy Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ShHT kotibiyati, shuningdek tashkilotga a’zo davlatlar Belorus, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston, kuzatuvchi davlatlardan Mongoliya va Kambodja Qirolligi qishloq xo‘jaligi vakillari qatnashishdi.
Davra suhbatida mamlakatlar o‘rtasida yashil qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritish imkoniyatlari va yo‘llari, ShHTda qishloq xo‘jaligini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakuniga muvofiq “2025-2027 yillarga mo‘ljallangan ShHTning qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha almashinuv va kadrlar tayyorlash ko‘rgazmali bazasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasi” qabul qilindi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram