Zangiota_AKIS

Agromaslahatchilar va aholi xonadonlari o'rtasida hamkorlik rivojlanmoqda
Bugungi kunda bedanachilik ko‘plab tarmoqlar qatori tobora rivojlanib bormoqda. Bedanadan oziq-ovqat sanoatida to‘yimli, parhezbop go‘sht va tuxum mahsulotlari olinadi. Bedana go‘shtining o‘ziga xos xususiyati vitaminlar, mikro va makro elementlar, tez parchalanuvchi moddalarga boyligidir. Bedana go‘shti oziq-ovqat sanoatida birinchi navbatda parhezbopligi uchun qadrlanadi. Normal sharoitda bedana 35-45 kunligidan tuxum qo‘yishni boshlaydi. Bir yil davomida bir dona urg‘ochi bedana taxminan 2,5 kg tuxum massasini beradi, bu uning tirik vaznidan 20 baravar ko‘p degani.
Bedana tuxumi barcha ozuqa moddalarga boy mahsulotdir. Vitamin va minerallarining tarkibi jihatidan ular tovuqnikidan qolishmaydi. Bedana tuxumi tarkibida 2-3 barobar ko‘p aminokislotalar, temir moddasi, B, P, K, A guruhlari vitaminlari mavjud. Qolaversa, antibakterial, antitumor, immunomodulyatsion xususiyatlarga ega, yog‘ almashinuvini yaxshilaydi, qon bosimini normallashtirib, immunitetni kuchaytiradi.
Zangiota tumani Olmazor MFY hududidagi “Sakkiz og‘ayni” ko‘chasi 21-uyda yashovchi Komoljon Qosimov xonadonida ham bedanachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xonadonga Zangiota tuman Agroxizmatlar markazi rahbari Bahodir Alimqulov tashrif buyurib, xonadon egasiga bedanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish davomida ilmiy yondashuvning samarali jixatlari tog‘risida tushuntirishlar berdi.
Hususan, oziqlantirish jarayonida ozuqa birligiga qisman o‘zgartirish kiritish, baliq yog‘i bilan aralashmalar yordamida ozuqa birligini oshirish, parrandalarning kasalliklarga chalinishining oldini olish bo‘yicha tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan preparatlarni qo‘llash bo‘yicha qoshimcha tavsiya va maslahatlar berildi.
Kelgusida xonadon va tuman Agroxizmatlar markazi mutaxassislarining hamkorligini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
WEB||Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube