Zangiotada dala seminari o‘tkazildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishga qaratilgan innovatsion agrotexnologiyalar bo‘yicha dala seminari o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar, Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi Zangiota tumani mutaxassislari, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi bo‘lim boshlig‘i B. Suvanov tomonidan mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini izchil oshirib borish, mahsulot yetishtirish samaradorligini ko‘paytirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida resurslar cheklangan sharoitda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, yerlarni lazerli tekislash, mahalliy va xorijiy navlarni intensiv usulda yetishtirish, ekinlarni bargdan oziqlantirish, shuningdek kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi sharoitida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, zamonaviy hamda resurstejamkor texnologiyalardan keng foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube