Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Zarafshon daryosi — hayot, barqarorlik va kelajak timsoli

Zarafshon daryosi — hayot, barqarorlik va kelajak timsoli
Suv — hayot manbai. Lekin bu manba tobora qisqarib borayotgani — haqiqat. Bugun nafaqat dunyo, balki butun Markaziy Osiyoda suv tanqisligi strategik xavf darajasiga ko‘tarildi. Bu xavf O‘zbekiston uchun ham juda dolzarb. Ayniqsa, Zarafshon daryosi havzasida bu muammo o‘zining chuqur izini qoldirmoqda. Bilasizmi, ushbu daryo Samarqanddan Navoiygacha bo‘lgan keng hududni hayot bilan ta’minlaydi. Uning suvi 1 million gektardan ziyod yerlarni sug‘oradi. Bu yerlarda mamlakatning g‘alla, bog‘dorchilik va paxtachilik salohiyatining asosiy qismi joylashgan. Afsuski, oxirgi 20 yilda havzada suv hajmi 10–12 foizga qisqargan. Shu bois, bugungi kunda Shveysariyaning Caritas kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o'zgarishiga nisbatan chidamli va kompleks tarzda boshqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Yondashuvning asosiy maqsadi daryo havzasida iqlimga chidamli suv resurslarini kompleks boshqarish orqali aholining turmush tarzi va farovonligini oshirishdan iborat. Ayni kunlarda loyiha ijrosiga yo’nalgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.