Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Zarpechak va Devpechak – o’simliklar kushandasi

Zarpechak va Devpechak – o’simliklar kushandasi
Zarpechakning Yer shari boʻyicha 274 dan ortiq turi bo'lib, Oʻzbekistonda 17 ta turi roʻyxatga olingan. Zarpechaklar qishloq xoʻjalik ekinlariga jiddiy zarar keltirishi bilan xavflidir. Ular parazit va boshqa organizmlar hisobiga yashaydi. Yashil pigmenti mavjud emas. Boshqa ekinlariga tirmashib ularning tanasiga gaustoriyalari (soʻruvchi oʻsimtalari) yordamida yopishib uning ozuqalarini soʻrib oladi. Dastlab urugʻdan chiqadi va yaqindagi oʻt-oʻlanga yopishib undan kuch olib katta oʻsimliklarga oʻtadi. Zarpechak tarkibida Kuskudin va Kustalin deb nomlanuvchi zaharli alkoloid moddalar boʻlib, chorva mollarini ham zaharlashi mumkin. Urugʻi suv, shamol, chirimagan goʻng, xayvonlar, tozalanmagan urugʻlar orqali tarqaladi. Urugʻ qobigʻi juda qattiq boʻlib, suvni sust oʻtkazadi va uzoq 5 yilgacha oʻsish quvvatini saqlaydi. Devpechak - eng zararli begona oʻtlardan biri bo’lib, karantin obyekti hisoblanadi. Oʻtlar, boʻta, yarimboʻta, daraxtlarga tushib, ularning shirasini soʻrib quritishgacha olib boradi. Qarshi kurash choralari: Agrotexnik va mexanik chora: zararlangan oʻsimliklarni tozalash, koʻmish, yoqish, ostini toza saqlash, goʻnglarni chiritish va doimiy nazorat qilish. Kimyoviy chora: piyot 1l/ga.Tavsiya etilgan preparatlarni qo’llash. Karantin choralari: karantin obyektni aniqlash; yoʻq qilish; atrofga tarqalib kelmasligining oldini olish. WEB||Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.