ZIRA: BIR HOVUÇ URUĞDA QANÇA IMKONIYAT YAŞIRIN?

Har bir taomga öziga xos hid va taʼm bağişlaydigan zira qanday ösimlik? Uni yetiştiriş fermerlar uçun qöşimça daromad manbaiga aylanişi mumkinmi?
Zira (Cuminum cyminum L.) — soyabonguldoşlar oilasiga mansub bir yillik ösimlik. Böyi odatda 20–50 santimetrgaça yetadi. Uning xuşböy uruği ziravor sifatida işlatiladi.
Zira Hindiston, Eron, Turkiya, Xitoy va Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida yetiştiriladi. U iliq va nisbatan quruq iqlimni xuş köradi. Ortiqça namlik esa ösimlikning ösişi va hosildorligiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Zira nima uçun xuşböy?
Buning siri uning tarkibidagi efir moylarida. Ayniqsa, kuminaldegid moddasi ziraga xos ötkir va yoqimli hidni taʼminlaydi. Şu bois u milliy taomlarimizdan taşqari, oziq-ovqat sanoatida ham keng qöllaniladi.
Zira tarkibida antioksidant xususiyatlarga ega biologik faol birikmalar ham mavjud. Ularning inson organizmiga taʼsiri ilmiy tadqiqotlarda örganilmoqda.
XITOY TAJRIBASI ÖZBEKISTONDA HAM SINALDI
Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonida paxta va zirani bir maydonda birgalikda yetiştiriş tajribasi qöllaniladi. Bunda paxtaning dastlabki rivojlaniş davrida qator oralaridan samarali foydalanib, qöşimça zira hosili yetiştiriladi.
Eʼtiborlisi, joriy yilda "Qişloq xöjaligidagi 100 ta taşabbus" doirasida uşbu tajriba Özbekistonda ham sinovdan ötkazildi va ijobiy natijalar qayd etildi.
Mazkur yondaşuv paxta maydonlaridan samarali foydalaniş, qöşimça mahsulot yetiştiriş va fermerlar daromadini oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Demak, taomlarimizga bir çimdim xuşböylik bağişlaydigan zira nafaqat qadimiy ziravor, balki qişloq xöjaligida qöşimça daromad manbai bölişi mumkin bölgan istiqbolli ekin hamdir!
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube